Test natijalari bo'yicha apellyatsiya berish tartibi

 Qonunchilikka kora, test sinovlari natijasidan norozi bolgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bolgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

 Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda ozining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

 Apellyatsiya shikoyati korilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notogri bajarilgan javoblar royxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

 Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent ozining har bir notogri deb hisoblangan test topshirigiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

 Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida korib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari oz tasdigini topmagan bolsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini ozgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish togrisida qaror qabul qiladi.

 Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati boyicha qabul qilingan qarordan kochirma beriladi.

  Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bolsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki ozining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati korib chiqilmaydi.