YANGI OCHILGAN QO'QON UNIVERSITETI HAQIDA❗️

Universitet Vazirlar mahkamasining 17-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan NODAVLAT OLIY TA'LIM tashkiloti sifatida tashkil etildi.

 Universitetda talabalar faqatgina to'lov-kontrakt asosida o'zbek, rus va ingliz tillarida o'qitiladi.

 Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalarning iqtidorli farzandlari orasidan tanlov asosida 10 nafardan kam bo'lmagan abituriyentlar bepul (Universitet grandi asosida) o'qishga qabul qilinadilar. Yaxshilab tushunib oling, grand faqat shu 10 nafar kam ta'minlangan talaba uchun xolos.

 Qabul jarayonlari qachondan boshlanadi

- Qabul sanasi rasman e'lon qilingani yo'q, biroq taxminimga ko'ra, sentabr oyi o'rtalari yoki oktabr oyidan boshlanishi mumkin.

 Qanday ta'lim yo'nalishlari mavjud

- Hozircha ta'lim yo'nalishlari tasdiqlanmagan, chunki universitet tashkil etilganiga bir necha kun bo'ldi.

 Qanday ta'lim yo'nalishlari ochiladi

- Universitet o'zi ixtiyor etgan, bugungi kunda eng talabgor yo'nalishlarini ochadi. Ya'ni qanday yo'nalish ochish universitetning o'z ixtiyorida. Shaxsiy fikrimga ko'ra, quyidagi ta'lim yo'nalishlar bo'lishi mumkin:

 👉 Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi

👉 Maktabgacha ta'lim

👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

👉 Filolofiya va tillarni o'qitishi: ingliz tili

👉 Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili

👉 Tibbiyot yo'nalishi

 Qancha kvota belgilanadi

- Kvotani universitet o'zining sharoitidan kelib chiqib belgilaydi, nechta talabani o'qitishga sharoiti bo'lsa qabul qilaveradi. Bu universitetning o'ziga bog'liq narsa.

 Kontrakt miqdori qancha

- Kontrakt miqdori hozirgi OTM lar kontraktidan kam bo'lmaydi. Lekin bulardan farqli ravishda qimmatroq bo'lishi ham mumkin. (Taxminimcha, 15-17 mln atrofida)

Chunki, universitet moliyaviy jihatdan mustaqil hisoblanib, o'qituvchilarga maosh berish, universitet harajatlari va hokazolarni kontrakt pulidan va boshqa homiylik pullaridan qoplaydi. Davlat universitetga homiylik qilmaydi.

 Imtihon qanday tarzda bo'lib o'tadi

- Imtihon shakli universitet tomonidan belgilanib, xoxlasa test, xoxlasa suhbat asosida qabul qiladi. Bu ham universitet ixtiyorida.

 Qanday hujjatlar zarur

- Qabul sanasi aniq bo'lgach kerakli hujjatlar ham aniq bo'ladi. Har xolda, joriy yil kabi pasport va diplomdan boshqa narsa talab etilmasa kerak.

 Universitet faqat bakalavrlarni o'qitadimi

- Universitet bakalavrlar bilan birgalikda magistrlarni ham o'qitadi. Ta'lim muddati, barcha OTMlar kabi bakalaviatda 4 yil, magistraturada 2 yil bo'ladi.

 Universitet diplomi ishlash uchun o'tadimi

- Bitiruvchilarga belgilangan na'munadagi diplom beriladi. Bu diplom hozirgi OTMlar diplomi bilan bir xil va teng imkoniyatga ega. Bemalol ishlashingiz mumkin bu diplom bilan.

 Imtiyozlar bu universitetga ham o'tadimi

- Bu haqida rasmiy xabar yo'q. Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo'lsam, bu universitetga hech qanday imtiyoz o'tmaydi. Chunki universitetga sizning imtiyozingizdan hech qanday foyda yo'q. Unga moliyaviy tomondan maqbul variantlar zarur, imtiyozlilar emas.

 "Perevod" qilsa bo'ladimi

- Bu hozircha noma'lum.

 Bu hozirgi Qo'qon davlat pedagogika instuti emasmi

- Qo'qon universiteti va Qo'qonDPI boshqa-boshqa OTM hisoblanadi.

 Universitet manzili qayerda❗️

- Qo'qon shahar, Turkiston ko'chasi, 28-uyda joylashgan sobiq Qo'qon servis va tadbirkorlik kolleji binosi.

 Bog'lanish uchun telefon raqamlari mavjudmi

- Hozircha bizda mavjud emas.

Universitetga har qaysi abituriyent hujjat topshirishi mumkin. Hech qanday cheklov yo'q.