Bugun davlat rahbari boshchiligida o'qituvchi va murabbiylarning obro'sini oshirishga bag'ishlangan videoselektorda prezident:

 - Biz ergashuvchi emas, ergashtiruvchi mamlakat bo'lishimiz kerak. Aks holda, taraqqiyot yo'limizdan adashib, tanazzulga botamiz. Bu borada shoshilinch chora ko'rmasak, ertaga kech bo'ladi... Xalq ta'limi vazirligining  bironta xodimi qurilish bilan shug'ullanmasligi kerak. Biz ularga qurib berishimiz kerak. Xalq ta'limi xodimlari u yerga ma'rifat olib kirish bilan shug'ullanadi. Xalq ta'limi vazirligini qurilish bilan shug'ullanish bu - xiyonat.

 -2020 yildan boshlab ular infratuzilma bilan shug'ullanmaydi. Xalq ta'limi vazirligini qurilish bilan shug'ullanishi bu - xiyonat. Ulardan endi talab qilinadigani sifat, sifat, ma'naviyat va bilim...

 - Hokimlar, shuni yaxshi bilib oling, 5 tashabbus kirmagan maktab rivojlanmaydi.

 -Har bir maktabga Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan purma'no so'zlarini yozib qo'yish kerak.

 - Birorta Xalq ta'limi hodimlari qurilish bilan shug'ullanmaydi, davlat shug'ullanadi.

  -Xokimlar, eshitib qo'yinglar, har bir topayotgan pullaringning 30 foizi maktabgacha ta'limga sarflanishi kerak.