Чоп этиш
Ko`rildi: 1603

Xorijiy tillar kafedrasi 1998-yilda akademik litsey pedagogik kengashi qarori bilan akdemik litsey negizida tashkil etilgan. Dastlab kafedra tarkibiga Ingliz tili,nemis tili hamda rus tili bo`limlari kiritilgan. Keyinchalik rus tili bo`limi tillar kafedrasi tarkibiga o`tkazilgandan so`ng, kafedra tarkibida shu kunga qadar ingliz tiliva nemis tili bo`limlari faoliyat yuritmoqda. Xorijiy tillar kafedrasiga dastlab Munavvarxon Qayumova (1998-2007), so`ngra Ravshanjon Abduvaliyev (2007-2011) rahbarlik qilgan.

2011 yildan shu kunga qadar kafedraga Xushnudjon Qutfiddinov rahbarlik qilib kelmoqda.      Kafedrada shu kunga qadar bir necha taniqli ustozlar faoliyat yuritgan. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zohidjon Sodiqov,   metodika fanlari nomzodi, dotsent Saidumar Saidaliyev, oliy va o`rta maxsus ta`limi fidoiysi Munavvarxon Qayumova, shuningdek, Matlubaxon Nurmatova, Jamilaxon Turdiyeva, Abdumutallif  Qutfiddinov, Ravshanjon Abduvaliyev, A`zamjon Normirzayev, Sohibjon Tursunov, Muhammadjon Parpiboyev hamda Anvarjon O`rinov kabi nafaqat viloyatda balki respublikada ham taniqli bo`lgan ustozlar faoliyat yuritganlar.

        Kafedra tarixida ushbu ustozlarning o`rni beqiyosdir. Ushbu ustozlar bilan hozirgi kunda ham aloqalar saqlanib qolingan va ushbu ustozlar doimo yosh pedagoglarga o`zlarining qimmatli hamda foydali bo`lgan maslahatlarini   berib kelmoqdalar va hozirgi kunda kafedraning barcha   

     ustozlar ularning bosib o`tgan izlarini davomchisi bo`lishga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada jami16 nafar o`qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 15 nafari Ingliz tili fani o`qituvchilari, 1 nafari esa Nemis tili fani o`qtituvchisi hisoblanadi. Ushbu 16 o`qituvchilardan 12 nafari asosiy, 4 nafari esa o`rindosh sifatida faoliyat yuritmoqdalar.

    Kafedra o`qituvchilarining 7 nafari bosh o`qituvchi, 3 nafari yetakchi o`qituvchi, 5 nafari katta o`qituvchilardir. Tajribali o`qituvchilardan E`zozahon Alimova,  Vazira Mirzanazarova hamda Xushnudjon Qutfiddinov  kabi uztozlar  yosh o`qituvchilarga o`z tajribalarini o`rtoqlashib kelmoqdalar. Barcha o`qituvchilar fanlardan yuqori sifatli dars berib kelmoqdalar. Hozirgi kunda kafedraga qarashli 13 o`quv xonasining 2 tasi kompyuter xonasi, 9 tasi ingliz tili xonasi, 1 tasi nemis tili xonasi hamda 1 tasi  innovatsion xonasi hisoblanadi.

        Shuningdek, PQ 1875-sonli qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida noananaviy ochiq darslar tashkillashtirilmoqda va o`tilgan ochiq darslar kafedra o`qituvchilari orasida tahlil va muhokama qilinmoqda. Kafedrada har oy yakunida yurtimizdagi bo`layotgan o`zgarishlar va kafedra tomonidan qilinajak ishlar hususida kafedra yig`ilishlari o`tkazilib kelinmoqda  kerakli vazifalar yuzasidan  kerakli qarorlar chiqarilmoqda.

      Shuningdek, акаdemik litseyda har oyning oxirgi juma kunini “akademik litseyda xorijiy tillar kuni”deb e`lon qilingan va ushbu kunda bir necha ochiq darslar va tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

 

         Kafedraning kelgusi rejalari ham belgilab olingan.

  Avvalo kafedraning asosiy maqsadi yoshlarga puxta bilim berish, ularni kelajakda har tomonlama kuchli, bilimli,tarbiyali va albatta yurtiga sadoqatli inson qilib tarbiyalash,ularni bilim va odob borasida dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlar bo`lib yetishishlarida o`zlarining bor kuchlarini ishga solish va qattiq mehnat qilish orqali buyuk kelajak  sari olg`a borish asosiy vazifa etib belgilangan.

        Shuningdek, kafedraning kelgusi rejalari kafedra o`qituvchilarini malaka oshirish, so`ngi zamonaviy metodlarni o`rganish va ularni o`quv yurtimiz yoshlarini o`qitishda qo`llash maqsadida nufuzli chet el oliy ta`lim muassasalariga jo`natish, o`qituvchilarni doimo yangilikka intiluvchan va o`z ustida doimo tinmay ishlash asosiy maqsad qilib qo`yilgan.

        Viloyatmiz va respublikamiz o`quv yurtlarida tashkillashtirilayotgan o`quv-seminarlarida muntazam qatnashish, ingliz va nemis tillari bo`yicha tashkillasshtirilayotgan turli ko`rik tanlovlarda kafedra o`qituvchilarini ishtirokini ta`minlash shu orqali kafedra o`qituvchilatini jamiyatdagi va fan sohasidagi faolliklarini oshirish ham kafedraning oldiga q`oygan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

      Bir so`z bilan aytganda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatimizga kafedramiz o`qituchilarining   ham munosib o`rni bo`lishga, yurt taraqqiyoti uchun har bir o`qituvchi o`z  hissasini q`oshishga harakat qilish kafedrada faoliyat yuritayotgan har bir o`qituvchining asosiy burchi va o`z oldiga qo`ygan asosiy vazifasidir.

 

2018-yil, 26-oktabr kuni Nam DU akademik litseyiga Yaponiyaning APU (Asian-Pacific University) universiteti xalqaro bo`lim hodimlari tashrif buyurishib akademik litsey o`quvchilariga universitet tarixi, tarkibi hamda o`qish tartib qoidalari haqida ma`lumot berdilar. Shuningdek, mehmonlar hozirgi kunda O`zbekistondan bir necha talabalar universitetda tahsil olayayotganliklari, O`zbekistonlik talabalar o`zlarining tirishqoqligi, mehnatsevarligi hamda zehnli ekanliklarini ta`kidlab o`tdilar.

       Mehmonlar kelajakda ham yurtimiz o`g`il va qizlarini universitetga tahsil olish uchun tashrif buyurishlarini, u yerda o`z bilim va malakalarini oshirish imkoniyati mavjud ekanligini ta`kidlab o`tdilar. Mehmonlar o`quvchilar tomonidan berilgan savollarga ham javob berdilar. Tadbirda akademik litsey direktori K.Boymirzayev, xorijiy tillar kafedrasi o`quvchilar va o`qituvchilari hamda Yaponiyada tahsil olishga qiziqishi mavjud bo`lgan o`quvhilar qatnashdilar.

      Uchrashuv so`ngida mehmonlarga xorijiy tillar kafedrasi esdalik sovg`asi taqdim etildi. O`z o`rnida mehmonlar uchrashuvdan juda hursand bo`lishgani hamda ajoyib mehmondo`stlik uchun akademik litsey jamoasiga o`zlarining minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

     2018-yil, 2-oktabr kuni Nam DU akademik litseyiga Janubiy Koreyaning Dong A universiteti xalqaro bo`lim direktori Park Hyon Ju hamda kordinator Hwang Jee Yunlar tashrif buyurib akademik litsey o`quvchilariga Dong A universiteti, universitet ta`lim tizimi, tartib qoidalari haqida ma`lumot berdilar. Mehmonlar Dong A universiteti haqidagi video rolikni litsey talabalariga namoyish etdilar. Hozigi kunda  O`zbekistonlik yoshlarga qiziqish yuqoriligi hamda yurtimiz yoshlarining o`zlarining tirishqoqligi, mehnatsevarligi hamda zehnli ekanliklari bilan ajralib turishlarini aytib o`tdilar.

       Mehmonlar kelajakda ham yurtimiz o`g`il va qizlarini universitetga tahsil olish uchun tashrif buyurishlarini, u yerda o`z bilim va malakalarini oshirish imkoniyati mavjud ekanligini ta`kidlab o`tdilar. Mehmonlar o`quvchilar tomonidan berilgan savollarga ham javob berdilar. Tadbirda akademik litsey xorijiy tillar kafedrasi o`quvchilar va o`qituvchilari hamda chet elda tahsil olishga qiziqishi mavjud bo`lgan o`quvhilar qatnashdilar.

      Uchrashuv so`ngida Park Hyon Ju mehmonlar nomidan chuqur minnatdorchilik bildirib uchrashuvdan juda hursand bo`lishgani hamda ajoyib mehmondo`stlik uchun akademik litsey jamoasidan minnatdor ekanliklarini aytib o`tdi.

 

       Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan ishlar

 

        Hozirgi kunda xorijiy tillar kafedrasi viloyatimizning barcha oliy ta`lim muassasalari, akademik litseylari, Namangan shahridagi DIMI va maktablar shuningdek, To`raqo`rg`on tumanida joylashgan IBRATmaktabi bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ygan.

      Hamkorlik asosida Namangan davlat unuversiteti ingliz tili fani o`qituvchilari tomonidan yaratilagan o`quv qo`llanmalar akademik litsey kutubxonasi uchun taqdim etildi.

 

      Shuningdek, kafedra chet el oliy ta`lim muassasalari bilan ham aloqani yo`lga qo`ygan. Hozirgi kunda Janubiy Koreyaning Dong-A,  Dongseo, Chonnam, Inha, universitetlari, Yaponiyaning APU (Asian-Pacific University) universitetlari bilan aloqalar yo`lga qo`yilgan.

     2018-yil, dekabr oyida Janubiy Koreyaning Inha universiteti bilan ahdlashuv memorandi imzolandi.

     Ushbu kelishuv asosida 45 nafar akademik litsey o`quvchilari suhbat asosida ushbu oliy ta`lim muassasasiga qabul qilinib, so`ngi zamonaviy metodlar asosida ta`lim olib  kelish imkoniyatiga ega bo`ldilar.