- Tafsilotlar
- Ko`rildi: 1330
Ta’lim muassasasida umumta’lim fanlar bo‘yicha DTS, yo‘nalishlar bo‘yicha TTS mavjud, yo‘nalishlar bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari mavjud, ular asosida xar bir o‘quv yili boshida ishchi o‘quv rejalari tuzilgan va tasdiqlangan. Barcha umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari qog‘oz va elektron xolatda mavjud.Ular asosida ishchi o‘quv dasturlari tuzilgan va tegishli tartibda tasdiqlangan. Ishchi o‘quv dasturlari nusxalari o‘quv bo‘limida mavjud. Ishchi o‘quv dasturlari asosida taqvimiy-mavzu rejalari tuzilgan va tasdiqlangan.
2019-2020 o‘quv yiliga ta’lim muassasasining umumiy dars fondi 91364 soat bo‘lib, u 113 nafar o‘qituvchiga taqsimot qilingan.O‘rtacha xar bir o‘qituvchiga 808 soatdanni tashkil qiladi. Yil yakunida 2-semestr davomida o‘tiladigan darslar soatini 25.05.2019 yildagi TMning №149-sonli buyrug‘iga asosan 5%li qisqartirish hisobiga o‘quv jarayoni grafigi to‘liq bajarildi.
Ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi bir komplekt (6 ta) komp’yuter texnikasi bilan jixozlangan bo‘lib, ular Ziyonet ta’lim tarmog‘iga ulangan. Ta’lim muassasasining Veb-sayti, elektron pochtasi mavjud. Elektron pochtaga kelgan xatlar xar kuni olib, taxlil qilinib, devonxona orqali tegishli raxbar xodimga yetkazib boriladi.
Akademik litseyda 1 ta komp’yuter sinfi (10 dona komp’yuter ishchi xolatda), 8 ta komp’yuter boshqa o‘quv xonalarida, 6 ta (1komplekt) ARMda, 6 ta komp’yuter ma’muriy xo‘jalik ishlarida foydalanilmoqda. Ushbu kompyuterlar, Ta’lim Markazining 13 may 2019 yilda 75/S-sonli buyrug‘i bilan kelgan metrologiya xizmati xodimlari bergan xulosalarga asosan jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan. Mavjud o‘quvchi soniga nisbatan ta’lim muassasasida yana kamida 2 ta komp’yuter sinfiga extiyoj bor.
Ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv yili boshida dars taqsimotidan boshlab ishlar rejalashtirilgan. Dars taqsimoti o‘qituvchining o‘tgan o‘quv yilidagi natijalariga qarab taqsimot qilingan. O‘quvchilarga imkon qadar yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitishning texnik vositalaridan foydalangan xolatda dars o‘tishga e’tibor qaratilgan va nazoratga olingan. 2019/2020 o‘quv yilida 70 dan ortiq ochiq darslar tashkil etilgan, ularning 60 tasi namunali deb topilgan. O‘quv yili davomida 1150 dan ortiq o‘zaro darslar tahlillari o‘tkazildi. “Ustoz-shogird” tizimi asosida 15 ta yosh o‘qituvchilar 20 ta yetakchi va bosh o‘qituvchilarga biriktirilgan. Natijasi o‘laroq yosh o‘qituvchilarning dars o‘tish ko‘nikmalari, pedagogik salohiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmoqda. 2019/2020 o‘quv yili davomida o‘qituvchilar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan 50 dan ortiq ilmiy maqollar ilmiy amaliy anjumanlarda va erkin matbuotda chiqishlar qilindi.
2019/2020 o‘quv yilida 1-bosqich uchun 19 ta umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv rejada beliglanagan va 1450 soatni tashkil qiladi. 2-bosqichda 17 ta umumta’li va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv rejasida belgilanib, 1540 soatni tashkil qiladi, 3-bosqichda 14 ta umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv rejada beliglangan bo‘lib, 1480 soatni tashkil qiladi. Jami 5 ta yo‘nalishda 4470 soatlik o‘quv rejalar beligilanib, amalda 4420.8 soatni 2019/2020 o‘quv yilida bajarildi. 25 may 2016 yil kuni TMning 149-sonli buyrug‘iga asosan 2-semestr uchun ajratilgan soatlarni 5%li tig‘izlashtirish hisobiga 1.1% o‘quv soatlari tig‘izlandi.
Ta’lim-tarbiya holati yuzasidan erishilgan yutuqlar
Namangan Davlat Universiteti qoshidagi akademik litseyda 2019/2020 o‘quv yilida turli soxalarda Respublika va viloyat miqyosida bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan:
1. Uchinchi bosqichdan 50 nafardan ortiq o‘quvchilarimiz xozirdanoq xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindilar.
2. Akademik litseyning 6 nafar o‘quvchisi fan olimpiadalaridan viloyat g‘olibi bo‘lib respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
3. 207 gurux o‘quvchisi Tursunov Mirsaid 2019 yil may oyida o‘rta maxsus kasb xunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarrzda o‘tkazilib kelinayotgan “Soliq bilimlari bolalarga” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlandi.
4. 307 gurux o‘quvchisi Rahimjonov Sodiqjon 2019 yil 2-7 may kunlari Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan 50-Mendeleyev Xalqaro olimpiadasida qatnashib faxrli o‘rinni egalladi.
5. 2019 yil may oyida 215 gurux o‘quvchisi Kutbiddinova Noila 2016 yil may oyida o‘rta maxsus kasb xunar ta’limi tizimida tashkil etilgan “Jaxolatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi insholar tanlovini respublika bosqichida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
6. 2019 yil may oyida 205 gurux o‘quvchisi Komilxo‘jayev Zohidjon Shuhrat o‘g‘li “Yil sardori 2019” ko‘rik tanlovining shaxar bosqichida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
7. 2019 yil may oyida 213 gurux o‘quvchisi Abduqaxxarova Go‘zalxon “Yurt kelajagi” ko‘rik tanlovining “Ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar” yo‘nalishida viloyat g‘olibi bo‘lib diplom bilan taqdirlandi.
8. 2019 yil may oyida 205 gurux o‘quvchisi Kodirov Xojiakbar “Yurt kelajagi” ko‘rik tanlovining “Dasturiy ta’minot” yo‘nalishida viloyat g‘olibi bo‘lib diplom bilan taqdirlandi.
9. 2016 yil may oyida 213 gurux o‘quvchisi Abduqaxxarova Go‘zalxon “Yuksak ma’naviyatli avlod” ko‘rik tanlovining “Prezident asarlari bilimdoni” yo‘nalishida shaxar g‘olibi bo‘lib diplom bilan taqdirlandi.
O‘quvchilar bilimini nazorat qilib borish maqsadida ta’lim muassasasida xar 45 kunda chuqurlashtirilgan fanlardan nazorat ishlari olish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning samarasi yuqori bo‘lmoqda. 2019/2020 o‘quv yilida 4 marta ana shunday nazorat ishlari olinib, natijalari o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida muxokama qilindi. Past natija ko‘rsatgan o‘quvchilarning ota-onalarini litseyga chaqirib farzandining nazorat ishi natijasi bo‘yicha ogoxlantirildi.
Ta’lim muassasasida o‘quv yili boshida kafedra oyliklari jadvali tasdiqlanib, shu jadval asosida fan tadbirlari o‘tkazib borililmoqda.(ochiq darslar, disputlar,kechalar)
O‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha aksariyat o‘qituvchilarning taqvim mavzu rejalarida O‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan va shu asosida darslar tashkil qilingan.
Umumta’lim fanlarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim muassasasida 1-chorak davomida 2 ta uslubiy qo‘llanma, 6 ta uslubiy ishlanmalar yaratildi.
Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va bilim sifati boshlang‘ich va yakuniy nazoratlar natijalari fevral oyi uslubiy yig‘ilishida va pedagogik kengashida taxlil qilib o‘rganildi.
Ta’lim muassasasida 11 nafar yosh o‘qituvchi mavjud bo‘lib,ularga buyruq asosida ustoz-murabbiylar biriktirilgan. “Ustoz-shogird” maktabi faoliyatining borishi ped kengashda taxlil qilingan.
1-chorak davomida 1nafar rus tili, 2 nafar tarix, 2 nafar fizika o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.
O‘quvchilarning fan olimpiadalari III bosqichi
2019/2020 o‘quv yilida viloyat umumta’lim fan olimpiadalarida 16 ta 3-kurs, 14 ta 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etib, shulardan 19 nafari 1-2-3 o‘rinlarni egalladilar. 6 nafar 3-kurs o‘quvchilari Respublika bosqichida ishtirok etish xuquqini, 4 nafari xalqaro olimpiada tanlovida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar. Xozirda respublika olipiadasi va xalqaro olimpiada tanloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Ta’lim muassasasida 78 ta umumta’lim fan to‘garaklariga jami 1285 nafar o‘quvchilar jalb qilingan bo‘lib, xujjatlari talab darajasida yuritilgan.
Ta’lim muassasasida 13 ta xorijiy til o‘quv xonalari bo‘lib, ularning barchasi boshqarma topshirig‘i bo‘yicha yangi asosda jixozlangan
Ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari raxbarligida o‘quv jarayoniga ta’sir o‘tkazmagan xolda, o‘qituvchi va xodimlarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha 4 ta qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan. Bunday kurslarda boshqa umumta’lim fan o‘qituvchilari ingliz tilini o‘rganib bormoqdalar.