+998 (69) 123-45-67 info@namdual.uz
UZ RU EN
Kafedralar

Tabiiy fanlar kafedrasi

12.09.2026 12:14 5 ko'rish
Tabiiy fanlar kafedrasi

Namangan davlat universiteti akademik litseyi Tabiiy fanlar kafedrasi

Tabiy fanlar kafedrasida 13 ta o‘qituvchi bo‘lib,  9 nafari oliy toifaga ega. Ulardan 90%  o‘qituvchi milliy sertifikatga ega.  Tabiiy fanlar kafedrasi Xalqaro Butunjahon kimyo olimpiadasida 1 nafar o‘quvchi qatnashib 4-o‘rin sohibi Xalqaro Butunjahon biologiya olimpiadasida 1 nafar o‘quvchi qatnashib faxrli diplom egasi Mendeleyev olimpiadasida 2 nafar o‘quvchi g‘olib bo‘lgan. Respublika olimpiadasida kimyo va biologiya fanlaridan 10 nafardan oshiq o‘quvchilar qatnashib g‘olib bo‘lishgan Tabiiy fanlar yo‘nalishida oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalari 95 % ko‘rsatkichga ega. Tabiiy fanlar yo‘nalishida xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiadalarda qatnashib g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar;
Rahimjonov Sodiqjon 50-Mendeliyev olimpiadasi (Rosssiya, Moskva) 4, Salamov Mubosher 51- Mendeleyev olimpiadasi (Qozog‘iston, Astana) 3, bronza medal, Salamov Mubosher 49-Butunjahon kimyo olimpiadasi (Tailand, Bankok) 4, Jalolov Elshod Butunjahon biologiya olimpiadasi (Eron, Tehron) Fahriy diplom, Tojimirzayeva Nilufar Respublika olimpiadasi (biologiya) 2, G‘ulomjonova Oysha Respublika olimpiadasi (biologiya) 1, Bundan tashqari 2023-2024 o‘quv yilida Respublika olimpiadalarida kimyo fanidan Sobirjonova Shahnoza, Ahmadjonov Azizbek, Muhammadjonova Mashhura; biologiya fanidan Hamidjonova Dilafruz, Otamirzayev Ikromjon, Bekmirzayeva Shahrizodalar faol qatnashishgan.

O'xshash maqolalar