+998 (69) 123-45-67 info@namdual.uz
UZ RU EN
Kafedralar

Xorijiy tillar kafedrasi

12.09.2026 08:58 9 ko'rish
Xorijiy tillar kafedrasi

Namangan davlat universiteti akademik litseyi Xorijiy tillar kafedrasi

Xorijiy tillar kafedrasi 1998-yilda akademik litsey pedagogik kengashi qarori bilan akdemik litsey negizida tashkil etilgan. Dastlab kafedra tarkibiga Ingliz tili, nemis tili hamda rus tili bo‘limlari kiritilgan. Keyinchalik rus tili bo‘limi tillar kafedrasi tarkibiga o‘tkazilgandan so‘ng, kafedra tarkibida shu kunga qadar ingliz tili va nemis tili bo‘limlari faoliyat  yuritmoqda. Xorijiy tillar kafedrasiga dastlab  Munavvarxon Qayumova (1998-2007), so‘ngra Ravshanjon Abduvaliyev (2007-2011) rahbarlik qilgan. 2011- yildan shu kunga qadar kafedraga Xushnud Qutfiddinov rahbarlik qilib kelmoqda.      Kafedrada shu kunga qadar bir necha taniqli ustozlar faoliyat yuritgan. Jumladan, Filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Sodiqov, metodika fanlari nomzodi, dotsent Saidumar Saidaliyev, oliy va o‘rta maxsus ta’limi fidoiysi Munavvarxon Qayumova, el ardog‘idagi ustozlar Abdumutallif  Qutfiddinov, A’zamjon Normirzayev, Anvarjon O‘rinov hamda Muhammadjon Parpiboyev kabi nafaqat viloyatda balki respublikaga taniqli bo‘lgan ustozlar faoliyat yuritganlar. Kafedra tarixida ushbu ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Ushbu ustozlar bilan hozirgi kunda ham aloqalar saqlanib qolingan va ushbu ustozlar doimo yosh pedagoglarga o‘zlarining qimmatli hamda foydali bo‘lgan maslahatlarini berib kelmoqdalar...
Hozirgi kunda kafedraning barcha ustozlar ularning bosib o‘tgan izlarini davomchisi bo‘lishga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada jami 17 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 15 nafari Ingliz tili fani o‘qituvchilari, 2 nafari esa Nemis tili fani o‘qituvchilari hisoblanadi. Kafedra o‘qituvchilarining 14 nafari bosh o‘qituvchi,  2 nafari yetakchi o‘qituvchi, 1 nafari esa katta o‘qituvchilardir. Ustozlarning barchalari milliy hamda xalqaro sertifikatlarga egadirlar. Shuningdek, kafedrada Nozimaxon Mamadjonova, Muqaddamxon Alixanova, Botirali Parpibayev kabi falsafa doktor (PhD) lari faoliyat yuritmoqalar. Kafedraning kelgusi rejalari ham belgilab olingan. Avvalo kafedraning asosiy maqsadi yoshlarga puxta bilim berish, ularni kelajakda har tomonlama kuchli, bilimli,tarbiyali va albatta yurtiga sadoqatli inson qilib tarbiyalash,ularni bilim va odob borasida dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlar bo‘lib yetishishlarida o‘zlarining bor kuchlarini ishga solish va qattiq mehnat qilish orqali buyuk kelajak  sari olg‘a borish asosiy vazifa etib belgilangan.