+998 (69) 226 29 29 info@namdual.uz
UZ RU EN
Aholi uchun

TA’LIM DASTURLARINI TAKOMILLASHTIRISH — SIFATLI TA’LIM SARI MUHIM QADAM!

12.10.2026 16:38 6 ko'rish
TA’LIM DASTURLARINI TAKOMILLASHTIRISH — SIFATLI TA’LIM SARI MUHIM QADAM!

Namangan davlat universiteti akademik litseyida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔈 TA’LIM DASTURLARINI TAKOMILLASHTIRISH — SIFATLI TA’LIM SARI MUHIM QADAM!

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI

📚 Namangan davlat universiteti akademik litseyida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📖 Ta’lim dasturlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari:
🟢 Amaldagi o‘quv reja va fan dasturlarini davlat ta’lim standartlari hamda zamonaviy talablar asosida tahlil qilish;
🟢 O‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalarini o‘rganish;
🟢 Fanlar mazmunini zamonaviy bilimlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish;
🟢 Fanlararo uzviylikni ta’minlash hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash;
🟢 Ta’lim dasturlarining mazmuni va samaradorligini muntazam monitoring qilish;
🟢 Olingan tahliliy natijalar asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

📊 Ochiqlik va shaffoflik — ustuvor tamoyil!
Ta’lim dasturlarini takomillashtirish jarayonlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga kiritiladigan o‘zgarishlar hamda ularning mazmun-mohiyati haqidagi ma’lumotlar akademik litseyning rasmiy axborot manbalari orqali jamoatchilikka ochiq yetkazib boriladi.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Hurmatli ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglar! Ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalaringizni bildirishga taklif etamiz.

🎯 Maqsadimiz — zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash!