10-sinf Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari bo'yicha o'quv dasturi
Namangan davlat universiteti akademik litseyi 1-bosqich o'quvchilari uchun!
Amaliy fanlar blok-moduli o‘z ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at, Chizmachilik, Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. O‘quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglatishda, jamiyat manfaatlari uchun daxldorlik, innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirishda kundalik hayotga tadbiq etishga o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi.