10-11-sinf Chet tili fanlari bo'yicha o'quv dasturi
Namangan davlat universiteti akademik litseyi 1-2-bosqich o'quvchilari uchun!
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet tillarni o‘rganishga ehtiyoj kuchaydi. Bugungi kunda dunyo tillarini biladigan va boshqa madaniyatlarni yaxshi tushuna oladigan fuqarolikni shakllantirish millat muvaffaqiyati uchun juda muhim sanaladi. Jahon mamlakatlarining global darajada taraqqiyoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy xabardorlik bilan uzviy bog‘liq. Lingvistik va madaniy tushunchalarga ega bo‘lish va dunyo tillarini o‘rganish bilan bog‘liq tushunchalar XXI asrda global hamjamiyat va savdo-iqtisodiy sohada faoliyat yuritadigan insonlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqlarni bir-biridan ajratib turuvchi geografik chegaralar endilikda katta to‘siq emas, balki davlatlar o‘zaro bog‘liqligi kuchayib, turli millat va madaniyatlardan maqsadli ravishda foydalana oladigan hamda bir nechta tillarni o‘zlashtirgan fuqarolar uchun ta’lim va karera imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.