10-sinf Fizika fani bo'yicha o'quv dasturi
Namangan davlat universiteti akademik litseyi 1-bosqich o'quvchilari uchun!
“Tabiiy va iqtisodiy fanlar” blok-moduli o‘z ichiga biologiya, geografiya, fizika va astronomiya, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Blok-modul tarkibiga kiradigan o‘quv predmetlari o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy, texnik, ekologik va iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.