10-sinf Geografiya fani bo'yicha o'quv dasturi
Namangan davlat universiteti akademik litseyi 1-bosqich o'quvchilari uchun!
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiiy fanlar bloki yo‘nalishidagi fanlari orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish ular o‘zlashtirgan bilimlari asosida egallagan ko‘nikma va malakalarini turli vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilishi maqsadga muvofiq.