Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
Namangan davlat universiteti akademik litseyi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
Kafedrada 21 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 12 nafari ona tili va adabiyot, 3 nafari rus tili, 5 nafar tarix va 1 nafar huquq fanidan dars beradilar. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (1) yo‘nalishida ona tili va adabiyot hamda ingliz tili, Ijtimoiy-gumanitar fanlar(2) yo‘nalishida tarix va ingliz tili, Ijtimoiy-gumanitar fanlar(5) yo‘nalishida huquq va ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kafedraning 15 nafar o‘qituvchilar oliy toifa va milliy sertifikatli ustozlar,3 nafar I toifali ustozlar hisoblanadilar. 2 nafar ona tili va adabiyot o‘qituvchisi chet tili sertifikatiga ega. 2025-yil 100 nafardan ortiq o‘quvchilarimiz ona tili va adabiyoti, tarix va huquqshunoslik fanlardan A,B+,B,C+ serifikatlarini qo‘lga kiritdilar.