+998 (69) 226 29 29 info@namdual.uz
UZ RU EN
Open Data

ONA TILIM – MILLIY G‘URURIM, MA’NAVIY BOYLIGIM VA O‘ZLIGIM TIMSOLI!

21.10.2026 09:11 24 views
ONA TILIM – MILLIY G‘URURIM, MA’NAVIY BOYLIGIM VA O‘ZLIGIM TIMSOLI!

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni!

ONA TILIM – MILLIY G‘URURIM, MA’NAVIY BOYLIGIM VA O‘ZLIGIM TIMSOLI!

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni!

Til – millatning qalbi, uning bebaho boyligi, tarixi, madaniyati va ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi muqaddas qadriyatdir.

1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi. Mana, 37 yildirki, ona tilimiz milliy o‘zligimiz, mustaqil tafakkurimiz va ma’naviy yuksalishimizning mustahkam timsoli bo‘lib kelmoqda.

Ona tilimiz – ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho meros, millatimizning faxri va iftixoridir!
Bugun o‘zbek tili ilm-fan, ta’lim, adabiyot va madaniyat sohalarida rivojlanib, xalqimizning boy ma’naviy merosini dunyoga tanitishda muhim o‘rin tutmoqda.

Ayniqsa, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biridir.
Zero, ona tilini e’zozlash – millatni ulug‘lash, uning sofligini asrash esa kelajak avlod oldidagi sharafli burchimizdir!

Namangan davlat universiteti akademik litseyi jamoasi barcha ustozlar, o‘quvchi-yoshlar hamda yurtdoshlarimizni 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ona tilimizning qadri hamisha yuksak, nufuzi esa bardavom bo‘lsin!