+998 (69) 226 29 29 info@namdual.uz
UZ RU EN
Предметы

10-11-sinf Chet tili fanlari bo'yicha o'quv dasturi

11.10.2026 13:15 18 просмотров
10-11-sinf Chet tili fanlari bo'yicha o'quv dasturi

Namangan davlat universiteti akademik litseyi 1-2-bosqich o'quvchilari uchun!

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet tillarni o‘rganishga ehtiyoj kuchaydi. Bugungi kunda dunyo tillarini biladigan va boshqa madaniyatlarni yaxshi tushuna oladigan fuqarolikni shakllantirish millat muvaffaqiyati uchun juda muhim sanaladi. Jahon mamlakatlarining global darajada taraqqiyoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy xabardorlik bilan uzviy bog‘liq. Lingvistik va madaniy tushunchalarga ega bo‘lish va dunyo tillarini o‘rganish bilan bog‘liq  tushunchalar  XXI  asrda  global  hamjamiyat  va  savdo-iqtisodiy  sohada faoliyat yuritadigan insonlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqlarni bir-biridan  ajratib  turuvchi  geografik  chegaralar  endilikda  katta  to‘siq  emas,  balki davlatlar  o‘zaro  bog‘liqligi  kuchayib,  turli  millat  va  madaniyatlardan  maqsadli ravishda foydalana oladigan hamda bir nechta tillarni o‘zlashtirgan fuqarolar uchun ta’lim va karera imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.

Похожие статьи